Mazkur o‘quv qo‘llanma 5410500 – «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» va 5321000 – «Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Moyli ekinlar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» fan dasturi (ToshDAU va FarPI tasdiqlagan) va «O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi» fan dasturi (ToshKTI tasdiqlagan) asosida tayyorlanib, 11 bob, 240 betdan iborat.
Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash, o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi borasidagi mahalliy va chet eldagi ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda, moy xom ashyo turlari va ularni sifatiga qo‘yiladigan talablar, moyli urug‘ning kimyoviy tarkibi va tuzilishi, o‘simlik moylarini tarkibi va hossalari, moyli xom ashyoni saqlash, tozalash va quritish, moyli urug‘larni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari, o‘simlik moylarini presslash va ekstraksiyalash usullari bilan olish jarayonlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada o‘simlik moylarini ekstraksiyalash usulida olishda o‘simlik moylarini erituvchilari erishi, sanoatda qo‘llaniladigan asosiy erituvchilar, ekstraksiya jarayonining nazariy asoslari kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Bulardan tashqari, o‘simlik moylari ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan missellani distillyatsiyalash, kunjara va shrotlarni saqlash va qayta ishlash, erituvchini regeneratsiyalash va rekuperatsiyalash kabilar ham o‘rganilib chiqilgan.
Hulosa qilib aytganda, ushbu o‘quv qo‘llanmada Respublikamizda moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash tarmog‘ini yanada rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliya-kredit, resurstejamkor agrotexnologiya, qayta ishlashning texnologik, axborot-tahlil mexanizmlarini takomillashtirish masalalaridagi mavjud kamchiliklar va ularning echimiga bag‘ishlangan materiallar o‘rin olgan bo‘lib, asosan yog‘ sanoati majmui sohasidagi strategik muammolarni hal etishdagi yangicha yo‘nalishlari, tajriba natijalari aks ettirilgan.
Qo‘llanma professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrantlar, soha ishlab chiqaruvchilar, loyihalash korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯
REVIEWERS:
A. S. Mirzaev - Namangan muhandislik texnologiyalari instituti «QXMT» kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent
A. Mirzaaxmedov - «Farg‘ona yog‘-moy» Aksiyadorlik Jamiyati boshqaruv raisi
J. Sh. To‘ychiev - ToshDAU Andijon filiali «QXMT» kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent
R. R. Akramova - Toshkent kimyo-texnologiya institute «OOMT» kafedrasi t.f.d.(PhD)
⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯
MUNDARIJA:
KIRISH
I-BOB. O‘SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY USULLARI VA TEXNOLOGIK SXEMALARI
II-BOB. O‘SIMLIK MOYLARINING TARKIBI VA XOSSALARI
2.1. O‘simlik moylari tarkibi va asosiy komponentlarining tuzilishi
2.1.1. Triatsilglitserinlar va ularning strukturaviy komponentlari
2.1.2. Triatsilglitserinlar va ularning strukturaviy komponentlari
2.1.3. O‘simlik moylaridagi yo‘ldosh moddalar
2.2. O‘simlik moylarining fizik xossalari
2.3. O‘simlik moylarining kolloid strukturasi
III-BOB. MOYLI XOM ASHYOLARINI SAQLASH, TOZALASH VA QURITISH
3.1. Moyli xom ashyoni qabul qilish
3.2. Moyli xom ashyolarni saqlash
3.2.1.Moyli urug‘larni saqlashni biokimyoviy va texnologik asoslari
3.2.2. Moyli urug‘lar holatini hayotiy xossalari bo‘yicha tavsifi
3.2.3. Urug‘larni nafas olishi
3.2.4. Hosil yig‘im – terimidan keyingi yetilish jarayonlari
3.2.5. Mikrofloraning hayot faoliyati
3.2.6. Moyli urug‘larni saqlash rejimlari
3.2.7. Ayrim turdagi moyli urug‘larni saqlashni o‘ziga xos xususiyatlari
3.3. Moyli urug‘larni aralashmalardan tozalash
3.3.1. Urug‘larni o‘lchami jihatidan farq qiluvchi aralashmalardan tozalash
3.3.2. Urug‘larni aerodinamik xossalaridagi farqi bo‘yicha tozalash usuli
3.3.3. Mexanik tozalash
3.3.4. Urug‘larni tarkibidagi metall aralashmalardan tozalash
3.3.5. Urug‘larni aralashmalardan tozalashni uyg‘unlashgan usuli
3.3.6. Havoni changlardan tozalash usullari
IV-BOB. MOYLI URUG‘LARNI NAMLIGI BO‘YICHA KONDITSIYALASH (QURITISH)
4.1. Quritish jarayonining nazariy asoslari
4.2. Quritish jarayoni parametrlarini moyli urug‘lar xossalariga bog‘liqligi
4.3. Quritishni asosiy usullari va texnologik rejimlari
4.4. Quritish jarayonida urug‘larni fiziologik-biokimyoviy xossalari va moy sifatini o‘zgarishi
4.5. Quritish texnikasi va texnologiyasi
V-BOB. MOYLI URUG‘LARNI QAYTA ISHLASHDA TAYYORLOV JARAYONLARI
5.1. Urug‘ po‘stloqlarini yadrodan ajratish
5.2. Moyli urug‘lar po‘stlog‘larining xossalari va urug‘larni pachoqlash (yanchish) usullarini tanlash
5.3. Urug‘larni pachoqlash texnikasi
5.4. Urug‘larni pachoqlashni zamonaviy usullari
5.5. Rushankani separatsiyalash
5.6. Moyli urug‘lar, ularning yadrosi (mag‘zi) va qayta ishlash mahsulotlarini maydalash
5.6.1. Urug‘ va mag‘izlarni maydalashni nazariy asoslari
5.6.2. Urug‘lar, rushanka, kunjara va yadroni maydalash texnologiyasi
VI-BOB. MEZGA TAYYORLASH VA MOYNI PRESSLASH YO‘LI BILAN AJRATIB OLISH
6.1. Mezga tayyorlash
6.1.1. Mezga tayyorlashdagi kechadigan jarayonlarning fizik-kimyoviy mohiyati
6.1.2. Namlik-issiqlik ishlovi berishda myatkada sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlar
6.1.3. Myatkani asosiy turlari va ularni xossalariga qo‘yiladigan talablar
6.1.4. Mezga tayyorlash texnika va texnologiyasi
6.2. Moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish
6.2.1. Moy siqib olishni soddalashtirilgan tizimi
6.2.2. SHnekli presslarni tuzilishini umumiy sxemasi va ish prinsipi
6.2.3. Moyni ajralish darajasi va pressni unumdorligiga ta’sir qiluvchi faktorlar
6.2.4. Presslash texnikasi va texnologiyasi
6.2.5. Moyli urug‘larni bir marotaba presslash yo‘li bilan qayta ishlashni namunaviy texnologik sxemasi
6.2.6. Moyli urug‘larni ikki martalik presslash usulida qayta ishlashni namunaviy texnologik sxemasi
VII-BOB. O‘SIMLIK MOYLARINI EKSTRAKSIYALASH USULIDA OLISH
7.1. O‘simlik moylarini erituvchilari
7.2. O‘simlik moylarini organik erituvchilarda erishi
7.3. Sanoatda qo‘llaniladigan erituvchilar xarakteristikasi
7.4. Erituvchilarni saqlash va ularni ekstraksiya jarayoniga tayyorlash
7.5. Moyli xom ashyodan moyni ekstraksiyalash
7.5.1. Ekstraksiya jarayonining nazariy asoslari
7.5.2.Turli faktorlarni ekstraksiya jarayoniga ta’siri
7.5.3. Materialni ekstraksiyaga tayyorlash
7.5.4. Ekstraksiyalashning asosiy usullari
VIII-BOB. MISSELLANI QAYTA ISHLASH
8.1. Missellani qattiq aralashmalardan tozalash
8.2. Missellani distillyatsiyalash
8.2.1. Missella tarkibidan erituvchini chiqarishni asosiy usullari
8.2.2. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari
8.2.3. Missellani distillyatsiyalashni sanoatdagi asosiy usullari
8.2.4. Missellani distillyatsiyalashni asosiy texnologik sxemalari
8.2.5. Distilyasiya jarayoni tarkibiy qismlarini o‘zgarishi
IX-BOB. KUNJARA VA SHROTLARNI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH
9.1. Pressdan chiqqan kunjaraga saqlashdan oldin ishlov berish
9.2. Shrot tarkibidan erituvchini haydash
9.3. Haydashni sanoatda qo‘llaniladigan usullari
9.4. Shrotni konditsiyalash, donadorlash (granulyasiyalash) va boyitish
9.5. Ayrim moyli xom ashyolar shrotlarini zararsizlantirish
X-BOB. ERITUVCHINI REGENERATSIYALASH VA REKUPERATSIYALASH
10.1. Erituvchini regeneratsiyalashni asosiy usullari
10.2. Moy-ekstraksiya sanoatida erituvchi yo‘qotishlari
XI-BOB. PRESSLASH VA EKSTRAKSION ZAVODLARIDA O‘SIMLIK MOYLARINI TOZALASH
11.1. Moy tarkibidagi aralashmalar va yo‘ldosh moddalar
11.2. O‘simlik moylarini dastlabki tozalash texnologiyasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVALAR
⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯⎯
Year of publication: 2021
Language: Uzbek
Authors: Ikramov M., Nazirova R., Mirsalimova S., Tadjiev S.
Translation: No
Translator: -
Type: E-book
Number of pages: 236
Format: PDF (5,4 MB)
ISBN: 978-617-7991-04-4
UDC: 665.3/665.35